Huawei 1
Koreya kompaniyalari issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligida Koreya Respublikasining uchta tashkiloti – Koreya iqlim o‘zgarishi instituti (KICC), “Korea Investment & Securities” va “Korea Western Power” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Koreya kompaniyalari issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi. 

Ekologik vaziyatni yaxshilash va iqlim bo‘yicha maqsadlarga erishishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Koreya tomoni bu borada o‘zining ilg‘or texnologiyalari va tajribasini taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

Yakunda tomonlar issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlashga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты