Kuvaytning "Royal Mining Group" kompaniyasi O'zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda
2023-yil 5-may kuni Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev "Royal Mining Group" kompaniyasi (Kuvayt) raisi Iad Al-Solihni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va mazkur kompaniya o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga Kuvayt investitsiyalarini jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Tog‘-kon sanoati, tibbiyot, farmatsevtika, qurilish materiallari sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты