Huawei 1
Londonda O'zbekiston kompaniyalarining Britaniya bozoriga kirishi bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi

O'zbekistonning Britaniyadagi elchixonasida "Parker Russell" kompaniyasi ijrochi direktori Jeyson Parker bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazildi

"Parker Russell" — dunyo bo'ylab sertifikatlangan buxgalteriya, xalqaro audit, soliq va huquqiy sohalarda xizmat ko'rsatuvchi yirik konsalting kompaniya hisoblanadi. Ushbu tashkilot korxonalar va jismoniy shaxslarga audit va buxgalteriya, soliq, moliyaviy, konsalting hamda yuridik xizmatlarni taqdim etadi. Hozirgi kunda dunyoning 75 mamlakatida kompaniyaning doimiy ofislari mavjud. O'zbekistonda "Parker Russell" tashkilotining faoliyati 2003-yilda ta'sis etilgan.

Muloqot davomida Jeyson Parker tomonidan mazkur tashkilot va uning faoliyati bilan batafsil tanishtirilib, hozirda kompaniyaning O'zbekiston yirik biznes subyektlari hamda tadbirkorlariga Britaniya bozorlariga kirishda, qolaversa respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish amaliyotlariga o'zining ko'magini ko'rsatishga tayyorligi bildirildi.

Shuningdek, suhbat davomida Jeyson Parker tashkilotining O'zbekistonga bo'lajak tashrifi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasida ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты