Huawei 1
Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda tibbiyot uskunalarini ta'mirlash va ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlashi mumkin

O'zbekiston diplomatik vakolatxonasi rahbariyati Malayziyaning "Quantum Medical Solutions" (QMS) kompaniyasi bosh ijrochi direktori Venkatesh Kumar bilan uchrashdi

Muloqot chog'ida kompaniya rahbariyati bilan O'zbekistonda sog'liqni saqlash sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Venkatesh Kumar kompaniyaning uzoq yillik muvaffaqiyatli tajribasiga tayanib, O'zbekistonda tibbiyot uskunalarini saqlash va ularni ta'mirlash xizmatlarini ko'rsatish, ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish taklifini bildirdi.

"Kompaniya O'zbekistondagi shifoxonalarda mavjud tibbiyot uskunalaridan foydalanish muddati va samaradorligini oshirishga yordam berishi mumkin. Shuningdek, mamlakatda tibbiy muhandis mutaxassislarni tayyorlashda, ya'ni ularni Malayziyadagi hamkasblari bilan birga bevosita ish jarayonida malakasini oshirish va shu orqali sohadagi yangi texnologiyalarni o'zlashtirishlariga yaqindan ko'maklashadi", dedi u.

Malayziya tomoniga mamlakatimizda kompaniyaning tegishli xizmatlarini tashkil etish hamda tibbiyot o'quv yurtlari qoshida tibbiy uskuna va jihozlarini ta'mirlash bo'yicha mutaxassislarni tayyorlaydigan qo'shma ta'lim dasturlarini ochish muhimligi ta'kidlandi.

"QMS" bosh ijrochi direktori zamonaviy tibbiyot uskunalarini uzoq muddatli lizing shartlari asosida O'zbekistondagi davlat shifoxonalar va xususiy klinikalarga yetkazib berish, ularni muntazam ta'mirlash va dasturiy ta'minotini yangilab borish bo'yicha hamkorlik aloqalarini o'rnatishga tayyorligini ma'lum qildi.

"Quantum Medical Solutions" kompaniyasi 2009-yilda tashkil etilgan. Asosiy faoliyati tibbiyot uskunalarini yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko'rsatishdan iborat. Kompaniya 2015 yilda Malayziya Sog'liqni saqlash vazirligi bilan mamlakat shtatlarida joylashgan shifoxonalarga tibbiyot uskunalarini yetkazib berish va ularni saqlash bo'yicha hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirgacha ushbu shtatlarning 3200 ortiq klinikalariga 42 mingdan ortiq tibbiyot uskunalarini yetkazib bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102518 | Инструменты