Huawei 1
Marokashlik taniqli futbolchi vafot etdi

Marokash terma jamoasi va Fransiyaning “Marsel” klubining sobiq yarim himoyachisi Abdelaziz Barrada 35 yoshida vafot etdi. Bu haqda Marokash Qirollik futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Marokash Qirollik futbol federatsiyasi o‘z nomidan Marokash terma jamoasining sobiq futbolchisi Abdelaziz Barradaning oilasiga samimiy hamdardlik bildiradi”, deyiladi federatsiya bayonotida.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi yurak xurujiga uchragan. “Marsel” a’zosining o‘limiga PSJ klubi ham hamdardlik bildirdi.

Barrada faoliyati davomida Ispaniyaning “Xetafe”, Turkiyaning “Antalyaspor” va BAAning “Al-Jazira”, Saudiyaning “Al-Nasr” klublarida to‘p surgan. U Marokash terma jamoasi safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan. Barrada 2021 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102520 | Инструменты