Huawei 1
Alisher Saʼdullayev: Toʻrt  yilda 30 minga yaqin yoshlar IELTS imtihonida 7 balldan yuqori ball oldi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev O‘zbekistonda so‘nggi 4 yilda yoshlar tomonidan qayd etilgan IELTS natijalari bo‘yicha maʼlumot berdi. U bu haqida Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan sessiyada gapirdi, deya xabar berdi “Gazeta.uz” muxbiri.

Alisher Saʼdullayevning aytishicha, bu davrda 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar IELTS‘dan 7 dan baland natija qayd etgan. 8 ball olganlar soni 3 mingga yaqin bo‘lsa, 30 nafar yoshlar IELST‘dan maksimal natija — 9 ball olgan.

"Biz bu ko‘rsatkichni 100 mingga olib chiqmoqchimiz. Lekin bitta muhim chaqiriq bilan. Avvalambor barchamiz o‘zimizning ona tilimizda yaxshi gapiraylik, ona tilimizni yaxshi o‘rganaylik", — dedi Yoshlar ishlari agentligi direktori.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102520 | Инструменты