Maqsadim gazni chetga sotmaslik, xalqimiz manfaatlari va sanoatga yoʼnaltirish – Shavkat Mirziyoyev
29 iyul kuni OKMK qoshidagi 3-boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshini qoʼyishga bagʼishlangan tadbirda nutq soʼzlagan davlat rahbari Oʼzbekistonning gaz eksporti haqida ham toʼxtalib oʼtdi.
«Bir vaqtlar Oʼzbekiston eksporti asosan oltin, gaz va paxta hisobidan boʼlardi. Hozir gazning faqat 20 foizinigina eksport qilyapmiz. Savol tugʼilishi mumkin, gaz qayerga ketyapti? Gazimizni oʼzimizning sanoatimizga yoʼnaltiryapmiz, ish oʼrinlari yaratyapmiz. Mening maqsadim umuman gazni chetga sotmaslik, sanoatga yoʼnaltirish, xalqimiz manfaatlari uchun ishlatish», - dedi prezident.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112121 | Инструменты