Huawei 1
"Navoiy" mehmonxonasi va "Sarmish" restorani sotuvga qo'yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Navoiy" mehmonxonasi va "Sarmish" restoranini sotuvga qo‘ydi

Lotning boshlang‘ich narxi 18 mlrd so'mdan, ya'ni umumiy narx 36 mlrd so'm. Bino maydoni 7666.32 kv. metrdan, yer maydoni 0,76 gektar dan iborat.

Mehmonxona binosi ichidagi jihozlari xatlanmagan, kadastr hujjatida 0001,0002,0003,0005 qismlari xatlangan. 0004 qismi xatlanmagan, binoning yashash maydoni 4654.30 kv.m.

Ma'lumot o'rnida, auksionda ishtirok etish uchun arizalar 2023-yilning 13-fevral kuni, soat 09:00 gacha qabul qilinadi hamda shu kuni soat 10:00 da auksion boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Sirdaryodagi "Yangiyer temir beton konstruksiyalar zavodi"ning 100% davlat ulushi sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121619 | Инструменты