Huawei 1
Andijonda elektr o‘lchov priborlarini dasturga kiritmasdan tarmoqdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

“Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Xo‘jaobod tumanida faoliyat yuritayotgan "B.T.S." MChJga qarashli binolarning elektr o‘lchov priborlari dasturga kiritilmasdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, elektr ta’minoti korxonasiga 413,7 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121620 | Инструменты