Huawei 1
Surxondaryoda zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi

“Surxondaryo viloyatining tog'li-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat ko'rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-439-son, 16.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Boysun tumani hududidagi umumiy maydoni 220,5 gektar bo'lgan yer uchastkasida “Omonxona” turistik markazi;
  • Sariosiyo tumani hududidagi umumiy maydoni 615 gektar bo'lgan yer uchastkasida “Sangardak” turistik markazi;
  • Jarqo'rg'on tumani Obihayot mahallasidagi “Oqtepa” suv omborining qirg'oq bo'yi hududidagi 110 gektar yer uchastkasida “Obihayot” turistik markazi;
  • “Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Surxondaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish direksiyasi.

Turistik markazlar hududlarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo'ljallangan bo'sh yer uchastkalari mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2025–2027-yillarda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, xizmat ko'rsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida bo'sh yer uchastkalari 10 yil muddatda teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121621 | Инструменты