Huawei 1
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning tegishli qarori bilan Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Ma'lumot uchun, Zebo Saidova 1978-yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand shahar hokimining oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121620 | Инструменты