Soliq qo‘mitasi qarori (.pdf) bilan professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish uchun to‘lanadigan mablag‘larga soliq bo‘yicha beriladigan imtiyoz tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endi oliy taʼlim muassasalari uchun ota-onalar kontrakt to‘lovi qilganda farzandining yoshidan qatʼi nazar, daromad solig‘idan imtiyoz beriladi.
Soliq kodeksiga muvofiq fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining oliygohlarda o‘zi, farzandlari, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan er va xotinining yo‘naltiriladigan to‘lovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
Shuningdek, o‘zi, farzandlari yoki er va xotinining o‘qishi uchun mablag‘ to‘langanda soliq chegirmasi taʼlim oluvchiga, uning ota-onalariga hamda yigirma olti yoshga yetmagan rafiqasi yoki eriga beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81615 | Инструменты