Huawei 1
Hindiston va Pokistondagi toshqinlar: kamida 250 kishi halok bo'ldi

Pokiston va Hindistonda kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan sel va ko‘chkilar oqibatida 250 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. 15-avgust, juma kuni Pokiston shimolida kamida 199 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi mamlakat rasmiylari. Mahalliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligiga ko‘ra, Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh tog‘li Xayber-Paxtunxva viloyatida kamida 180 kishi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, viloyat hukumati rahbari Ali Amin Gandapurga ko‘ra, gumanitar yordam olib ketayotgan mintaqaviy hukumatning Mi-17 vertolyoti Mohmand tumanida qulagan. Ekipajning besh a'zosi, jumladan ikki uchuvchi halok bo'ldi. Rasmiylar halokatni yomon ob-havo sharoiti bilan izohlamoqda.

Fuqarolik mudofaasi rasmiylariga ko‘ra, qo‘shni mintaqa, Pokiston boshqaruvidagi Kashmirda yana to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Pokiston shimolidagi Gilgit-Baltiston mintaqasida yana besh kishi halok bo‘ldi va kamida 28 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi AFPga tabiiy ofatlarni boshqarish rasmiysi.

Pokistonda musson mavsumida muntazam ravishda kuchli yog'ingarchilik kuzatiladi. Ammo mutaxassislarning aytishicha, 500 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo'lgan joriy yoz mussoni "g'ayrioddiy". Iyul oyida Pokistonning 255 million aholisining deyarli yarmi istiqomat qiladigan Panjob viloyatida o'tgan yilga nisbatan 73 foizga ko'proq yomg'ir yog'di va avvalgi musson mavsumiga qaraganda ko'proq odam halok bo'ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81615 | Инструменты