Huawei 1
O‘rta tadbirkorlik subyektlari 10 oyda 20 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

2024-yil yanvar-oktabr oylarida 19 206 ta o‘rta tadbirkorlik subyekti tomonidan 20,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan

Shundan, 352,7 mlrd so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,5 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari 23,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

TOP-20 o‘rta tadbirkorlik subyektlari infografikada.

Ular tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

- QQS – 134,7 mlrd so‘m;

- foyda solig'i – 58,8 mlrd so‘m;

- aksiz solig'i - 55,5 mlrd so‘m;

- JShODS - 47,8 mlrd so‘m;

- ijtimoiy soliq - 40,7 mlrd so‘m;

- boshqa soliqlar - 15,3 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты