Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 62,6 mlrd AQSH dollariga yetgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 12,1 mlrd AQSH dollariga yoki 23,9 % ga oshgan.
Oʻzbekiston 2023-yilda jahonning 198 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,9 %), Rossiya (15,8 %), Qozogʻiston (7 %), Turkiya (5 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.
Eksport – 24,4 mlrd (23,8 % ga oshgan)
Import – 38,1 mlrd (24 % ga oshgan)
Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты