Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 35 ta xorijiy davlatdan qiymati 94 mln AQSH dollariga 32 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.
Shokolad va kakao mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 8 oyda eng ko‘p shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
- Rossiya – 22,6 ming tonna;
- Polsha – 2,3 ming tonna;
- Niderlandiya – 1,3 ming tonna;
- Qozog‘iston – 1,2 ming tonna;
- Turkiya – 655 tonna;
- Germaniya – 320 tonna;
- Fransiya – 154 tonna;
- Italiya – 135 tonna.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты