Huawei 1
O‘zbekiston 52 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-fevral oylarida qiymati 519,4 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 14,3 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 % ga oshgan.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,4 %), kalava-ip (47,7 %) asosiy ulushni egallagan.

2024 yilning yanvar-fevral oylarida 496 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 52 ta davlatiga eksport qilingan.

To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:

Kalava-ip – 247,8 mln

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 194,4 mln

Trikotaj mato – 42,8 mln

Gazlamalar – 26,8 mln

Paypoq mahsulotlari – 7,7 mln.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты