17 avgust kuni Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) energetika kompaniyasi va O‘zbekiston elektr taʼminoti sohasida to‘rtta loyiha bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari matbuot xizmati xabar qildi.
Shartnoma imzolash jarayonida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va “O‘zenergosotish” rahbarining birinchi o‘rinbosari Shohrux Qoraboyev ishtirok etdi.
Ushbu loyihalar doirasida:
Quvvati 1000 MVt bo‘lgan 500 kV kuchlanishli Surxon — Dashti-Alvan elektr uzatish tarmog‘ini quriladi;
quvvati 800 MVA (Magavatt amper) bo‘lgan “Argandi” podstansiyasini kengaytiriladi;
220 kV kuchlanishli, quvvati 800 MVt bo‘lgan Kobul — Shayx-Masri elektr uzatish tarmog‘i;
Nangarhorda quvvati 126 MVA bo‘lgan Shayx-Mesri podstansiyasini quriladi.
Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston 18 oy ichida yakunlanishi rejalashtirilgan to‘rtta loyihaga $243 mln sarmoya kiritadi. Bu orqali Afg‘oniston O‘zbekistondan 800−1000 MVtgacha elektr energiyasini import qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81814 | Инструменты