Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 1,1 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 135,9 million AQSH dollariga yoki 13,6% ga o‘sgan.
TSA tarkibida eksport hajmi 795,1 mln AQSH dollariga, import hajmi esa 336,2 million AQSH dollariga yetgan.
Eksport tarkibi (2024 yil, AQSH dollarida):
– Kimyoviy vositalar – 773,3 mln
– Xizmatlar – 7,9 mln
– Turli xil tayyor buyumlar – 4,2 mln
Import tarkibi (2024 yil, AQSH dollarida)
– Kimyoviy vositalar – 161,8 mln
– Mashinalar va transport uskunalari – 89,4 mln
– Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 46,6 mln
Alpha version: 0.9.1.19 build 31601 | Инструменты