Huawei 1
O‘zbekiston JST bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi.

“Ushbu protokol [bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida] qardosh mamlakatni Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zolikka yanada yaqinlashtiradi”, — deb yozdi 7-dekabr kuni LinkedIn`da Pokistonning JSTdagi doimiy vakili Ali Sarfraz Husayn.

Tailandning JSTdagi vakili Pimchanok Pitfild ham O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi protokolni imzolaganini ma’lum qildi.

“Biz O‘zbekistonning ko‘p tomonlama savdo tizimiga tezroq qo‘shilishini intiqlik bilan kutyapmiz va ishonamizki, JST oilasiga a’zolik O‘zbekistonga ko‘proq savdo va investitsiyalar olib keladi. Ikki tomonlama darajada bu mavjud savdo aloqalarini mustahkamlash va kelajakda xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishimizning tasdig‘idir”, — dedi u.

O‘tgan ikki oyda O‘zbekiston Filippin, Salvador, AQSh va Xitoy bilan ham muzokaralarni yakunlagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22310 | Инструменты