Huawei 1
Abdulla Aripov Afg‘oniston Bosh vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi

Joriy yilning 22-23-fevral kunlari Afg‘oniston Bosh vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonda bo‘ladi.

Bugun, 22-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respulikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston Bosh vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalar do‘stlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bilan barcha sohalarda konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotganliklari ta’kidlandi.

Oxirgi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.

O‘tgan yili "Termiz xalqaro savdo markazi" ochilgani ikki tomonlama savdoni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Afg‘oniston delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi dasturidan Toshkent shahridagi bir qator ishlab chiqarish obektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish ham o‘rin olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22303 | Инструменты