Huawei 1
22-fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi.

Baxtiyor Saidov AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi

"Ishbilarmon doiralar oʻrtasida mustahkam koʻpriklar barpo etish, har ikki yoʻnalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Markaziy Osiyo va undan tashqarida farovon taraqqiyotni taʼminlash kun tartibimizning asosiy qismidan o‘rin oldi", - deya yozgan TIV rahbari.

O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining 2035−2036-yillarda doimiy bo‘lmagan aʼzoligiga o‘z nomzodini ilgari surdi

O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Ulug'bek Lapasov Xitoy raisligida BMT Xavfsizlik kengashining ko'p tomonlama va global boshqaruv institutlarini isloh qilish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishida ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Toshkentdan Fukuok oroliga uchayotgan aviareys kechiktirildi

Uchish vaqtida ekipaj shassi tebranishini sezib, xavfsizlik qoidalariga muvofiq, to‘g‘ri va professional qaror qabul qilib, parvozni to‘xtatdi. Samolyot terminalga qaytarilib, muhandislar tomonidan batafsil tekshiruvdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Orxus konvensiyasiga qo‘shilmoqda

Senatorlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning mazkur konvensiyaga qo‘shilishi ekologiya va atrof-muhit sohasida inson huquq va erkinliklarini munosib taʼminlashga, xorijiy hamkor davlatlar bilan hamjihatlikda ekologik xavfsizlikka erishish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni amalga oshirishga, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imiji va nufuzini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Surinam Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 158-davlat bo‘ldi.

To‘xtash talabini bajarmaganlar bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

Transport vositasi haydovchisi tomonidan ichki ishlar organi xodimi yoki xodimlarining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz ketma-ket bir necha marta bajarmaslik transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilish bilan birga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (11,25 million so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

2025-yilgi Navro‘z bayrami "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!" shiori ostida nishonlanadi

Qayd etilishicha, bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olinadi, ular uchun bayram dasturxoni yozish hamda turli xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.

Senatorlar Samarqand viloyatining qator tuman va shaharlarining chegaralarini o‘zgartirishga rozilik bildirdi

Senatorlar ko‘rib chiqqan masalada Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan 243 gektar, Samarqand tumanidan 170 gektar, jami 413 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Chet tili o‘qituvchilari uchun 50 million so‘mlik subsidiya ajratiladi

Kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun bir martalik subsidiya ajratiladi.

Yanvarda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 4,5 mlrd AQSH dollariga yetgan

O‘zbekiston bu davr mobaynida 154 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22300 | Инструменты