Huawei 1
O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 23-iyun kuni Mongoliya poytaxti Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, hududlar, tarmoq uyushmalari rahbarlari hamda 300 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Mongoliya tomoniga esa Mongoliya Bosh vazirining o‘rinbosari Saynbuyangiyn Amarsayxan rahbarlik qildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Jumladan, savdo sohasida meva-sabzavot mahsulotlari, o‘g‘itlar, qurilish materiallari, farmatsevtika, maishiy texnika, to‘qimachilik, poyabzal, go‘sht, charm, jun mahsulotlari eksporti, savdo uylari va ko‘rgazmalar tashkil etish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Forum yakunida jun, aralash matolar, to‘qimachilik va charm mahsulotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishga oid qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi, unda o‘zbek ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etildi. B2B va G2B uchrashuvlari o‘tkazildi. Tadbirkorlar amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilib, keyingi hamkorlik uchun aniq qadamlarni belgilab olishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82806 | Инструменты