Huawei 1
O‘zbekistonda ilk bor valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan bitimlar tuzildi

2022-yil 1-noyabr kuni O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) savdo platformasida ilk bor “Asakabank” AJ va “Qishloq qurilish banki” ATB tomonidan ekspiratsiya muddati joriy yilning noyabr oyida belgilangan valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan bitimlar tuzildi.

Bazaviy aktivi AQSH dollarining so‘mga nisbatan kursi bo‘lgan fьyuchers shartnomalari bilan savdolar ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy xalqaro standartlar asosida O‘zRVB tomonidan ishlab chiqilgan (in-house) yangi elektron savdo platformasida tashkil etildi.

O‘zRVBning boshqa birja instrumentlari qatorida taklif etilayotgan ushbu yangi instrument bozor ishtirokchilari uchun valyuta xatarlarini himoya qilish, shuningdek, narx o‘zgarishlari evaziga daromad olish imkonini yaratadi.

Bundan avval, O‘zRVBda birja valyuta bozori ishtirokchilari o‘rtasida valyutaviy fьyuchers shartnomalari bilan test savdolari bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62609 | Инструменты