Huawei 1
O‘zbekiston va Yevroosiyo taraqqiyot banki $3,3 mlrdlik qo‘shma loyihalarni ishga tushiradi

26-sentabr kuni Samarqandda o‘z ishini yakunlagan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalari banki Boshqaruvchilar kengashining 9-yillik yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Nikolay Podguzov O‘zbekiston mintaqadagi Bankning asosiy hamkorlaridan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi va yaqin vaqt ichida bir qator yirik davlatlar aksiyadorlar tarkibiga qo‘shilishini ma’lum qildi.

Umumiy qiymati 3,3 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan bir qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, shu jumladan joriy yilda 5 ta no-suveren loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, shu yilning oxirigacha Toshkentda YeOTBning mamlakat idorasini ochish rejalashtirilgan, bu esa ustuvor loyihalarni moliyalashtirishni tezlashtirish va hamkorlikni yaxshilash imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92719 | Инструменты