O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $17 mlrddan oshdi. Bu haqda Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida keltirilgan.
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida transchegaraviy pul o‘tkazmalari orqali mamlakatga $17,3 mlrd miqdorida valyuta mablag‘lari kelib tushdi. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 25% yoki $3,5 mlrdga ko‘p.
Noyabrda transfertlarning oylik miqdori keskin qisqardi — $1,48 mlrd. Pul o‘tkazmalari hajmi $1,97 mlrd bilan iyul oyida eng yuqori darajaga yetdi, keyingi oylarda pasayish kuzatilib, oktabrda ko‘rsatkich $1,86 mlrdni tashkil etdi.
Shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistondan $2,4 mlrd valyuta mablag‘lari chiqib ketgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan $157 mlnga kamaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10913 | Инструменты