Respublikada chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20 mlrd so‘mdan ortiq debitor qarzdorlik uchun jami 231 mingta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilgan. Shundan so‘ng, abonentlarga mavjud qarzdorlikni bartaraf etish uchun besh kun muddat berilgan va ushbu davrda 9 mlrddan ortiq to‘lovlar amalga oshirilgan.
Joriy yilning 11 dekabr holatida respublika bo‘yicha qarzdorligi qoplanmagan 205 mingga yaqin abonentning yelektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga bugundan vaqtincha cheklov joriy etilgan. Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi maʼlum qildi.
Avvalroq, 2026 yilning 1 yanvaridan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun onlayn tarzda amalga oshirilishi xabar qilingandi.
Chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlar uchun agentlikning 24/7 rejimda “1205” qisqa raqami faoliti yo‘lga qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121312 | Инструменты