21 iyun kuni O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Xitoy Eksport-import banki Boshqaruvi raisi Chen Xuayyuy bilan uchrashuvida 500 million AQSH dollariga teng miqdorda qarz shartnomasi imzolandi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Matbuot xizmati.
"2002 yildan buyon Xitoy Eksimbanki bilan hamkorlikda umumiy qiymati 3,2 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan 51 ta loyiha amalga oshirildi. Ular zamonaviy infratuzilma qurilishi, “yashil” energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, taʼlim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarni qamrab olgan. Ayni paytda 1,9 milliard dollar qiymatidagi 2 loyiha amalga oshirilmoqda, 2,2 milliard dollar miqdoridagi 13 loyiha esa ko‘rib chiqilmoqda", - deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida telekommunikatsiya sohasida 500 million AQSH dollariga teng miqdorda qarz shartnomasi imzolandi. ISSV rahbari Laziz Kudratov loyiha tezkor va samarali amalga oshirilishining muhimligini taʼkidlab, IT sohasidagi loyihalarni Eksimbank tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ijobiy natijalar berishiga ishonch bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82806 | Инструменты