Huawei 1
O‘zbekistonda 2023-yili tijorat banklari fuqarolardan qancha dollar sotib olgani haqida maʼlumot berildi

2023-yili tijorat banklari jismoniy shaxslardan jami 12 mlrd 267,4 mln dollar sotib olgan. Bu haqda Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan 2023-yil yakunlari bo‘yicha statistik byulletenda maʼlum qilindi.

Unga ko‘ra, yil davomida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga sotilgan chet el valyutasi hajmi 9 mlrd 59 mln dollarni tashkil etadi. Banklar tomonidan dollarning eng ko‘p xaridi avgust oyida bo‘lgan: 1 mlrd 320,8 mln dollar. Eng ko‘p sotuv esa iyulga to‘g‘ri keladi — 829,6 mln dollar.

Bundan tashqari, 2023-yil davomida banklarning boshqa valyutalarni sotib olish statistikasi quyidagicha:

  • Yevro (xarid va sotish) — 44,7 mln (52,9 mln);
  • Angliya funt sterlingi — 2,2 mln (2,4 mln);
  • Rossiya rubli — 1 mlrd 660,5 mln (1 mlrd 707,4 mln);
  • Qozog‘iston tengesi — 401,8 mln (416,4 mln).
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты