Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 23-dekabr kuni “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni imzolagandi. Hujjat bilan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari belgilangan.
Bunda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 255,44 trillion so‘mni tashkil etadi. Mablag‘lar joriy xarajatlar (180,15 trillion so‘m), rivojlanish dasturlari (33,2 trillion so‘m), obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar (10,82 trillion so‘m) va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari doirasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishga 26,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты