O‘zbekistonda 2030-yilgacha IT xizmatlar eksporti 5 mlrd dollarga yetkaziladi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maqsad — O‘zbekistonni dunyoga tanitish, xususan, AQSH yetakchi kompaniyalari orasida ham yurtimizning IT salohiyatini namoyish etib, ular bilan hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Uchrashuvda dastlab IT Park faoliyati va unda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, BPO faoliyatini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari haqida qo'shimcha ma’lumotlar berildi.

Raqamli texnologiyalar vaziri O‘zbekistonning dengizga chiqish imkoniyatlari cheklangani, maktablarda ingliz tilini bilish darajasi oshib borayotganini hisobga olgan holda, BPO xizmatlari yo‘nalishini rivojlantirish va bu orqali xizmatlarni xorijga eksport qilishga katta e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, 2030-yilgacha IT xizmatlar eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilinganini bildirdi.  

Shuningdek, vazir o‘z nutqida yoshlarda ingliz tili ko‘nikmalarini, jumladan, so‘zlashish qobiliyati (speaking skill)ni oshirish va umumiy yoshlarning malakasini oshirish yo'nalishida ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo'yicha birgalikda ishlash borasida o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari, vazir masovafiy xizmatlar eksportini oshirish orqali yoshlarni chetga chiqmagan holda yuqori maoshli ishlar bilan ta’minlash asosiy maqsad ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida, hamkorlikda O‘zbekistonga yirik xorijiy kompaniyalarni hamda katta texnologiyalarni jalb qilish bo'yicha mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish borasida takliflar tinglanib, raqamli ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты