Oʻzbekistonda aprel oyida inflyatsiya 1,47% ni tashkil etdi
Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilning aprel oyida isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning inflyatsiya darajasi 1,47% ni tashkil etdi.
Shuningdek, 2022-yilning yanvar-aprelida isteʼmol bozorida narxlarning oʻsish surʼati 4,4% ni (2021-yilning shu davrida 4,1% boʻlgan), oʻrtacha oylik oʻsish surʼati esa 1,1% ni (2021-yilda 1%) tashkil etdi.
Yillik nisbatda (2021-yilning aprel oyiga nisbatan) isteʼmol sektorida narxlarning oʻsish surʼati 10,4% ga yetdi. 2021-yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida oʻrtacha 1,5% ga va 2020-yilning mos davrida 1,7% ga qimmatlashgan.
Avvalroq, Markaziy bank joriy yilning mart oyida inflyatsiya darajasi 1,5 foizni tashkil etib, yillik hisobda 10,5 foizgacha oshgani va ikki xonali son darajasiga qaytgani bo'yicha ma'lumot bergan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60407 | Инструменты