Huawei 1
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 290,3 trln so‘mni tashkil etgan

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 290,3 trln so‘mga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,4 trln so‘mga yoki 12,6 % ga oshgan.

Maʼlumot uchun: 2024 yil yanvar-aprel oylarida xizmatlar hajmi 232,8 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish surʼati 112,9 % ni tashkil etgan.

2025 yilning yanvar-aprel oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7,7 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 % ga oshgan.

2025 yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 158,3 trln so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 54,5 % ini tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52909 | Инструменты