Huawei 1
Buyuk Britaniyada olti panjali mushuk dunyoga keldi

Buyuk Britaniyada olti panjali mushuk dunyoga keldi. Veterinarlarga ko‘ra, bu ona qornida embrionlardan biri ikkinchisini qisman yutib yuborgan kamyob hodisa hisoblanadi.

Ushbu holat «fetal yutuvchi» deb nomlanadi — juda noyob hodisa bo‘lib, unda egizaklardan biri rivojlanishdan to‘xtaydi va qisman ikkinchisining tanasiga qo‘shilib ketadi. Mono laqabli mushukda ikki qo‘shimcha oyog‘i qolgan bo‘lib, ular hozirda jonivorning qornidan osilib turibdi.

Norvichdagi klinikada hayvonga qarayotgan veterinarning aytishicha, bu qo‘shimcha oyoqlar ichki a’zolar bilan bog‘liq emas va mushukning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirmaydi. Ular faqat teriga birikkan, kelajakda jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanishi mumkin.

«Bu o‘sha darsliklarda o‘qiladigan, ammo juda kamdan-kam uchraydigan noodatiy holatlardan biridir», — deydi mutaxassis.

Hozirda Mono o‘zini yaxshi his qilmoqda, odatdagidek ovqatlanyapti va harakatlanishda katta muammolarga duch kelmayapti. Uning egasi esa agar ortiqcha oyoqlar hayvonga xalaqit bermasa, ularni olib tashlashni rejalashtirmayotganini aytdi.

«U allaqachon mahalliy mashhurlikka erishdi. Biz uni qanday bo‘lsa, shunday yaxshi ko‘ramiz», — deydi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53022 | Инструменты