Huawei 1
Fransiya yangi atom suvosti kemasini taqdim etdi

Fransiya Harbiy-dengiz floti modernizatsiya dasturi doirasida De Grasse nomli yangi atom suvosti kemasini suvga tushirdi. Bu Barracuda seriyasidagi to‘rtinchi kema hisoblanadi.

Qiymati 10 milliard yevroni tashkil etadigan loyiha DGA mudofaa agentligi tomonidan Atom energetikasi bo‘yicha komissiya ishtirokida amalga oshirilgan. Bosh pudratchi Naval Group kompaniyasi bo‘lib, u 2500 mutaxassis ishini muvofiqlashtiradi.

«De Grasse’ning topshirilishi Fransiyaning suvosti texnologiyalar sohasidagi yetakchiligini tasdiqlaydi», — deydi Naval Group bosh direktori Per Erik Pommelle.

Kema 270 kun davomida uzluksiz patrulni amalga oshirishga mo‘ljallangan va 1000 kilometrga uchishga qodir MdCN qanotli raketalari, kemalarga qarshi Exocet va F21 torpedalari bilan jihozlangan. «Sharl de Goll» aviatashuvchisi texnologiyasi asosida yaratilgan reaktor esa submarina «yuragini» tashkil etadi.

Barracuda loyihasi doirasida 2030 yilga qadar eskirgan Rubis kemalarini almashtirish ko‘zda tutilgan. Yangi suvosti kemasi Fransiyaning yadroviy tiyib turish imkoniyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Fransiya to‘liq siklli atom suvosti kemalarini yaratish texnologiyasiga ega dunyodagi beshta davlatdan biri hisoblanadi. De Grasse’ning dengizdagi sinovlari 2026 yildan boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53022 | Инструменты