Huawei 1
O‘zbekistonda budjet xarajatlari haqida aholiga tushunarli tarzda e’lon qilib borish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda budjet xarajatlari haqida aholi tushunishi uchun oson usulda e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat budjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari hamda amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan xarajatlar bo‘yicha moliyaviy hujjatlarga asoslangan yillik va yarim yillik hisobotlarni aholi e’tiboriga tushunish uchun oson usulda o‘z veb-saytida e’lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yishi lozim.

Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida ochiqlik darajasini keskin oshirish va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan boshlab davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yirik soliq to‘lovchilar korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) holati to‘g‘risida har yili 1-iyulga qadar hisobotni jamoatchilikka oshkor etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bu to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42604 | Инструменты