Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanida oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani, biroq unga birinchi yordam qilinmay, 3-4 soat qarovsiz ushlab turilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23 aprel kuni Pop tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.M. ismli 1994 yilda tug‘ilgan ayol voyaga yetmagan 1,5 yoshli qiz farzandi (2023 yilning noyabr oyida tug‘ilgan) ni vaqtincha parvarish uchun S.S.ga topshirgan. Ma’lum vaqtdan so‘ng, farzandini olgani kelganida bolaning oyog‘i kuyganidan xabar topgan.
Ayol farzandini shifokorga olib borib, bolaga ayni kuygan payti zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilmagani ma’lum bo‘lgan va shu tufayli ona va S.S. o‘rtasida nizo yuzaga kelgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42600 | Инструменты