Huawei 1
Tokioda Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-ma'rifiy anjuman bo'lib o'tdi

Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida Tokio Xorijiy tillar universitetida Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-ma'rifiy anjuman o'tkazildi.

Tadbirda Yaponiya akademik doiralari vakillari, universitet talabalari, o'zbek adabiyoti ixlosmandlar, shuningdek, O'zbekiston va Turkiyadan kelgan yetakchi olimlar va boshqalar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga Behbudiy faoliya, xususan zamonaviy maktablar tashkil etish, matbuot va teatr san'atini rivojlantirishdagi xizmatlari haqida ma'lumot berildi.

Ma'ruzalardan so'ng ishtirokchilar o'zini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Tadbir doirasida "Mahmudxo'ja Behbudiy" badiiy-publitsistik filmi namoyish etildi, shuningdek, jadidchilik harakati namoyondalari faoliyatiga bag'ishlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Yaponiya tomoniga o'zbek jadidlari qalamiga mansub 20 dan ortiq filmlar topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60614 | Инструменты