Kuni kecha Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan salkam 25 tonna yong‘oq mahsuloti yo‘q qilindi. Bu haqida MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining ijro varaqasiga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil deb topilgan 657 mln so‘mlik 24 590 kilogram tozalangan yong‘oq mahsulotlari yo‘q qilinishi belgilanib, ushbu ijro hujjati Byuroning Xo‘jaobod tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Sud hujjatidan maʼlum bo‘lishicha, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport va import qilish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari Xitoy davlatidan olib kelingan, tozalanmagan grek yonqoqlarini reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishga tayyorlab berishi kerak bo‘lsa-da, ularni ichki bozorda sotib yuborib, o‘rniga maydalangan va har xil yong‘oq chiqindilari aralashmasidan iborat bo‘lgan, karantin obyektlari bilan zararlangan 24 ming tonnadan ziyod mahsulotni yurtimiz hududidan olib chiqib ketishga uringan. Bu holat bojxona organlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Ushbu sifatsiz, isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarni yo‘q ilish bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Xo‘jaobod tuman bo‘limi xodimlari masʼul idoralar hamkorligida ijro harakatlari olib bordi va ular belgilangan tartibda yo‘q qilinishi taʼminlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42604 | Инструменты