O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-sentabr oylarida 101,9 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘p.
Toʻlangan soliqlarning 99,9 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Meta - 41,1 mlrd so'm;
- Google - 26,1 mlrd so'm;
- Apple - 22,6 mlrd so'm;
- Amazon - 3,7 mlrd so'm;
- Вooking.соm - 2,2 mlrd so'm;
- Zoom - 1,4 mlrd so'm;
- Netflix - 1,3 mlrd so'm;
- Acca - 1,2 mlrd so'm;
- Yandex Europe - 1,1 mlrd so'm;
- Xsolla - 900,3 mln so'm.
Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122616 | Инструменты