Pensiya jamg‘armasi har oyning beshinchi sanasida pensiya to‘lovlarini moliyalashtirib kelmoqda. Xususan, 2024-yil fevral oyi uchun pensiya mablag‘lari ham to‘liq to‘lab berildi.
Pensiya jamg‘armasining maʼlum qilishicha, mamlakatdagi 3,9 million nafar pensionerlar uchun fevral oyi pensiya pullari 100 foiz to‘landi.
“O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3 million nafar (yoki jami oluvchilarning 76 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi taʼminlandi” — deyiladi jamg‘arma xabarida.
Jamg‘arma pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan, “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini eslatgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10319 | Инструменты