Huawei 1
O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

“Minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi qarorga asosan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati (MIX) qayta hisoblandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.

2024 yil dekabr oyida may oyiga nisbatan hisoblangan isteʼmol narxlari indeksidan kelib chiqib, 2025 yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi (2024 yil 1 mayda eʼlon qilingan qiymat 648 so‘mni tashkil etgan).

Minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibiga asosan, kelgusi yil uchun minimal isteʼmol xarajatlari oziq-ovqat, nooziq-ovqat, mahsulotlari va xizmatlar narxlari darajasidan kelib chiqib, indeksatsiya qilib boriladi.

Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:

— davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;

— kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;

— nafaqalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42405 | Инструменты