2023-yil 1-noyabr holatiga QQS toʻlovchilar soni 192 059 taga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,2 % ko‘p.
Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
- savdo – 59,6 ming;
- qishloq xoʻjaligi – 48,1 ming;
- sanoat – 27,8 ming.
QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
- axborot va aloqa xizmatlari – 41,4%;
- transport – 36,7%;
- xizmat ko'rsatish – 17,8%.