O‘zbekistonga yanvar oyida 26,8 ming tonna bug‘doy uni import qilingan
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga qiymati 8,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 26,8 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.
Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga eng ko‘p bug‘doy uni import qilingan davlatlar:
➖ Qozog‘iston – 26,6 ming tonna
➖ Rossiya – 152 tonna
➖ AQSH – 50 tonna
➖ Italiya – 4,2 tonna
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты