Loyiha qiymati $31 mlnni tashkil qilib, qurilishi joriy yilning dekabr oyida boshlanib, 2024-yil oxirigacha yakunlanadi.
O‘zbekistonning ikki kompaniyasi Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida to‘qimachilik fabrikasini quradi, deya xabar bermoqda “Economist.kg” nashri
Yirik to‘qimachilik fabrikasi Jalolobod viloyati Nooken tumani Orol qishlog‘ida qurilishi rejalashtirilgan. Ularning qiymati $31 mlnga baholanmoqda.
Qirg‘iziston prezidentning viloyatdagi vakili Absattor Sirg‘aboyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning “Art Soft Holding” va “Sassa Group” kompaniyalari sanoat obyektini qurish niyatida.
Qayd etilishicha, Jalolobod viloyati hokimligi investorlar bilan uch tomonlama shartnoma imzolagan.
Loyihaga ko‘ra, zavod qurilishi joriy yilning dekabr oyida boshlanib, 2024-yil oxirigacha yakunlanadi. Qurilish uchun 20 gektar yer ajratildi.
Korxonada paxta matolari va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Buning natijasida 1000dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты