Huawei 1
O‘zbekistonning iqtisodiy holati raqamlarda e’lon qilindi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda ma'lum qilindi. Unga ko'ra:

— yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish  sur’ati – 106,2 %

— sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 106,5 %

— qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 106,8 %

— chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 109,3 %

— bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 114,2 %

— qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish  sur’ati – 103,6 %

— tashqi savdo aylanmasi  o‘sish sur’ati – 106,2 %

— eksportning  o‘sish sur’ati – 110 %

—  importning  o‘sish sur’ati – 103,8 %

— faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 469 113 ta

— transportda yuk tashishning o‘sish sur’ati – 106,2 %

— transportda yo‘lovchi tashishning o‘sish sur’ati – 105 %

— aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati – 111,5 %

— doimiy aholi soni (2024 yil 1 aprel holatiga) – 37 mln kishi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga