1-may kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “Sojitz” kompaniyasi Yevropa filiali bosh menejeri Machida Yasuhide hamda “Rönesans” kompaniyasi boshqaruv raisi Djem Ozoguz janoblari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda transport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etildi.
Xususan, xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganligini ma’lum qildi.
Xorijiy kompaniya vakillariga mamlakatimizda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida DXSh asosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122222 | Инструменты