Respublika tashqi savdo aylanmasining 27 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri keldi
2023-yilning yanvar oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 27 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, 2023-yil yanvar oyida MDH davlatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,9%ga kamayib, boshqa xorijiy davlatlar ulushi esa mos ravishda 5,9%ga oshdi va 73%ni tashkil etdi.
O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra 1,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan eksport – 479,8 mln dollar, import esa – 881,8 mln.dollar qiymatida qayd etildi.
MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya Federatsiyasi (51,%), Qozog‘iston (24%) hamda Qirg‘iz Respublikasi (5%) davlatlari bilan qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin yanvarda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5 mlrd AQSH dollariga yetgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50510 | Инструменты