Huawei 1
Murodjon Ahmadaliyevning jang sanasi va raqibi rasman tasdiqlandi

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik charm qo‘lqop ustasi Naoya Inoue o‘rtasida super jang bo‘lib o‘tadi. Bu haqda taniqli promouter Eddi Xirn e’lon qildi.

Naoya Inoue hozirda 55 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lib, WBC, WBA, WBO, IBF va The Ring kamariga egalik qiladi. U 4-may kuni Las Vegasda meksikalik Ramon Kardenasga qarshi ringga chiqadi. Agar bu jangda g‘alaba qozonsa, Ahmadaliyev bilan 14-sentyabr kuni Tokioda jang qiladi.

Eddi Xirn ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha yozdi:

Nihoyat bitim tuzildi — o‘zbek “power” “Monster”ga qarshi. Bu vazndagi eng kuchli jang bo‘ladi!

Ahmadaliyev oldin WBA va IBF kamarlarini qo‘lga kiritgan, biroq keyinchalik ularni filippinlik Marlon Tapalesga boy bergan. Inoue esa aynan Tapalesni nokautga uchratib, mutlaq chempion bo‘lgan.

Ushbu jang nafaqat chempionlik uchun, balki diviziondagi eng kuchli bokschi nomi uchun ham bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50504 | Инструменты