Huawei 1
Olmaliqda misning zaxirasi 45 million tonna, oltin zaxirasi 5 ming tonnadan koʼproq - Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 iyul kuni Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida boʼlib, "Yoshlik-I konini oʼzlashtirish" investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida 3-misni boyitish fabrikasini qurilishi boshlanishining tantanali marosimida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari OKMK imkoniyatlariga alohida urgʼu berar ekan, bir qator muhim raqamlarga toʼxtalib oʼtdi:

"Oʼtgan uch yil mobaynida kombinat konlarida umumiy uzunligi 206 ming metr boʼlgan 475 ta quduq burgʼulandi. Xalqaro miqyosda tan olingan xorijdagi laboratoriyalarda ushbu konlar rudasining 100 mingdan ortiq namunalari kimyoviy tahlillar asosida chuqur oʼrganildi.

Аna shunday ilmiy tadqiqotlar natijasida, xalqaro baholash mezonlariga koʼra, bu yerdagi misning yalpi zaxirasi – mana shu raqamlarga alohida eʼtibor berishingizni soʼrayman – 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni tashkil etishi aniqlandi.

Bu raqamlar esa, dunyodagi eng yirik, noyob oltin va mis konlari aynan mana shu hududda joylashgan deb aytish uchun, toʼla asos boʼla oladi.

Shuningdek, bu yerda qazib olinayotgan ruda tarkibida kumush, molibden, selen, tellur, reniy va boshqa nodir metallar borligi ham aniqlangan.

2030 yilga borib mis mahsulotlariga boʼlgan ehtiyoj kamida 40 foizga ortishi prognoz qilinmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki, Olmaliq kombinati ishlab chiqaradigan mahsulotlarga xalqaro talab uzoq yillar davomida saqlanib qoladi.

Аna shu holatni hisobga olib, 2017 yilda “Yoshlik-1” konlari kompleksini oʼzlashtirish boʼyicha amaliy ishlarni boshlagan edik.

Oʼtgan 4 yil mobaynida barcha zarur geologik tadqiqotlar va 83 million kub metrdan ortiq hajmdagi qazish ishlari bajarildi.

Mana endi, dastlabki bosqichda qiymati 2 milliard dollar boʼlgan yangi uchinchi mis boyitish fabrikasini qurishni boshlayapmiz".

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Ilhom
    10
    Ilhom 3 yil avval

    Oltinni uzini 1gramini 60$ dan hisiblasa 300 mlrd dollar bularkan. Bu olmaliqni uzida.Nurota koni bu kondan 100 barobar kuproq zaxiga ega q. . Sguncha tillani nima qiladi ushlab turib bugun pulga boradi ertaga yuq .davlat ehtiji qoplanguncha sotish kerak tashqi qrzlarni to‘lash kerak budjetni toldirish kerak. Shularni hammasi bojarilganda ham dengizdan tomchi bulmaydi buncha boylik uchun


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112214 | Инструменты